GinArt
Diagnostika

Kolposkopiya

Bachadon bo'yni va qin devorlarini kolposkop yordamida batafsil tekshirish. Erta tashxis uchun zarur.

Kolposkopiya

Kolposkopiya — bachadon bo'yni, qin va vulvaning kolposkop deb ataluvchi optik asbob yordamida ko'zdan kechirilishidir. Bu tekshiruv yordamida:

  • Onkologik o'zgarishlar (displaziya, eroziya) erta aniqlanadi
  • Papilloma virus (HPV) ta'sirini baholash mumkin
  • Davolash zaruriyati va uslubi aniqlanadi
  • Biopsi uchun joy tanlanadi

Protsedura oddiy ko'rikdan ko'ra biroz noqulay, lekin og'riqsiz. Davomiyligi 10–20 daqiqa.

Tayyorgarlik ko'rsatmasi

Tekshiruvdan 2 kun oldin jinsiy aloqadan, vaginit davolovchi preparatlar va duş qilishdan saqlaning. Hayz paytida o'tkazilmaydi.

Boshqa xizmatlar

Barcha xizmatlar